Korxona vazifasi

Korxonaning asosiy faoliyati “Urganchtransgaz” UK tarkibiga kiruvchi barcha magistral gaz quvurlari boshqarmalaridagi mavjud gaz uzatish agregatlarini, energetika xo'jaligi uskunalarini, nazorat o'lchov asboblari va avtomatikasi uskunalari va vositalarini ta'mirlash, o'rnatish va ishga tushirishga tayyorlash ishlarini bajarish, shuningdek korxonaning xizmat bo'linmalari avtotransport texnika vositalarining nostandart ehtiyot qismlarini va ish qurollarini tayyorlash ishlarini bajarish bilan gaz uzatish agregatlarining uzluksiz ishlashini ta'minlashdan iborat.
Shuningdek korxonamiz metallarga ishlov berish dastgoxlari parkini maksimal darajada to'la quvvat bilan ishlashini ta'minlash maqsadida Respublikamizning boshqa xududlarida joylashgan “O'ztransgaz” AJ tarkibiga kiruvchi boshqa korxonalarning texnik uskanalarini ta'mirlash ishlarini shartnoma asosida bajaradi.
Korxona o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib xalq iste'mol mollari ishlab chiqaradi va aholiga pullik xizmat ko'rsatadi, shuningdek korxona tarkibida tashkil etilgan 120-150 o'ringa ega bo'lgan “Xiva Gulshani” bolalar oromgoxi butun yoz davomida “Urganchtransgaz” UK tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlarining 600-800 nafar bolalariga dam oldirish xizmatini ko'rsatadi.
Korxona yaqin kelajakda qo'shimcha ish o'rinlarini ochish va ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida yangi payvandlash elektrodlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi.