Korxona xaqida

«Gazenergikta'mir» 

ishlab chiqarish texnik korxonasi.

 

Buxoro — Ural tabiiy gazini uzatish uchun kuchli kompressor stansiyalari qurilganligi bois, turbo-agregatlar va qiyin konstruksiyali maxsus texnik uskanalarni ta'mirlash bo'yicha malakali mutaxassislarga zaruriyat tug'iladi va shu munosabat bilan SSSR Mingazpromining 13 iyul 1976 yil 127/ORT sonli buyrug'i bilan Urganch shaxrida “O'rta-Osiyo gaz uzatish tarmoqlari birlashmasi” (SAUMG) tarkibida “Gazenergikta'mirlash” TICh uchastkasi tashkil qilinadi. Keyinchalik bu uchastka Xiva tumani Zaungur posyolkasiga o'tkazilib, Zaungur LPUMG qoshida Bryansk “Gazenegikta'mirlash” ishlab chiqarish texnik uchastkasi tashkil etiladi va 1978 yilgacha faoliyat yuritadi.
2 yanvar 1978 yilda yangi “O'rta Osiyo gaenergikta'mirlash” ishlab chiqarish texnik korxonasi (PTP SAGER) tashkil etiladi va 1992 yilning 30 dekabrigacha faoliyat yuritadi.
“Urganchtransgaz” ShKning 13 yanvar 1993 yil № 3 sonli buyrug'iga asosan “Gazenegikta'mirlash” TIChK tashkil etiladi va 1999 yildan “Urganchtransgaz” ShKga qarashli “Gazenegikta'mirlash” TIChK deb yuritila boshlanadi.
2017 yil noyabr oyidan “Urganchtransgaz” unitar korxonasiga qarashli “Gazenergikta'mir” ishlab chiqarish texnik korxonasiga aylantirildi va bugungi kungacha muvoffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
Korxona O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek “Urganchtransgaz” UK ustavi va korxona Nizomiga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan xo'jalik hisobida ish olib boradi.

Direktorlar:

1. 1976 – 1978 yy. – Eydelьman A.Ya.
2. 1978 – 1983 yy. – Srebnyak A.I.
3. 1983 – 1989 yy. – Kim A.O.
4. 1991 – 2006 yy. – Matyakubov I.M.
5. 2006 – 2007 yy. – Xadjiev I.A.
6. 2007 – 2009 yy. – Masharipov B.M.
7. 2010 – 2011 yy. – Musaev B.P.
8. 2011 – 2013 yy. – Matchanov A.K.
9. 2013 – 2017 yy. – Musaev B.P.
10. 2017 yildan – Bobajanov A.X.