
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PF-5467 sonli farmoyishidagi «Obod maxalla va obod qishloq dastur»lari bo'yicha ishlarni tashkillashlashtirish. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan aholini farovon yashashi va samarali mehnat faoliyatini ta'minlashga qaratilgan, maxallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, yo'l-transport infratuzilmasi, muxandislik kommunikasiyalari va ijtimoiy soha ob'ektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida «Obod maxalla va obod qishloq dastur»lari joriy etildi.O'zbekistonning barcha tuman, shaxar va qishloqlarida dastur bo'yicha obodonlashtirish, yangidan barpo etish ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan «Urganchtransgaz» unitar korxonasi bo'linmalari ham dastur bo'yicha o'z hissalarin qo'shib kelishmoqda. Korxonamiz ham bundan mustasno bo'lmagan holda, Qoraqalpoqiston Respublikasi hududida joylashgan, Qoraqalpoq MGQBga qarashli aholi yashaydigan binolar, maktablar va bolalar bog'chalarini qayta ta'mirlab, maxallalarni obodonlashtirish ishlarida o'z hissamizni qo'shib kelmoqdamiz.