O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 noyabrdagi 122-sonli bayonnomasi hamda Prezidentimizning bo'sh turgan binolardan unumli foydalanish, ishlab chiqarishni va yangi ish o'rinlarini ochishni tashkillashtirish to'g'risidagi ko'rsatmalarini asos qilgan holda, korxonamiz 2019-2021 yillar mobaynida bosqichma-bosqich 3-ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan. Jumladan:
1. Metallarni payvand qilish uchun elektrod ishlab chiqarish.
2. Mavjud stanok parkini zamonaviysiga yangilash, modernizasiya qilish.
3. Isitish qozonlari va suv isitgichlarini yig'ish va ishlab chiqarish.
Maqsadimiz O'zbekiston va Jahon bozoriga sifatli va raqobatbardosh mahsulotyetkazishdan iborat. Shundan kelib chiqgan holda korxonamiz 2019 yil oktyabr oyigacha UONI-1355 3,4,5, markali elektrodlarni ishlab chiqarish rejasini oldiga qo'ygan. Hozirgi kunda mavjud loyiha bo'yicha barcha hujjat ishlari yakunlanib, ishlab chiqarishga mo'ljallangan binoni rekonstruksiya qilish, dastgoh va uskunalarni olib kelish ishlari olib borilmoqda.