
Yoz o'tadi-soz. Korxonamiz qoshida ochilgan «Xiva Gulshani» bolalar sog'lomlashtirish oromgoxi navbatdagi mavsumda, bolalarni o'z bag'riga qabul qildi. Xorazm va Qoraqalpoq hududlarida «Urganchtransgaz» unitar korxonasi tizimida ishlovchi xodimlarning bolalariga xizmat ko'rsatuvchi lagerimiz jami 600-620 o'ringa mo'ljallangan. «Yoz-2019» mavsumida bolalarni maroqli dam olishlarini tilab qolamiz.