
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish borasida mazmun-mohiyatiga ko'ra misli ko'rilmagan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Aholi turar joylarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, huquq-buzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikga qarshi kurashish, ya'ni ichki ishlar organlari tayanch punktlariga asos solindi. Ularda xar bir mahalla, shaharcha qishloq va ovullarda aholi bilan birga ishlaydigan, uning dardu g'amiga quvonchu tashvishiga sherik, hamnafas bo'lishiga ma'naviy jihatdanyetuk profilaktika inspektorlari faoliyatini yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratildi. Yuqoridagilardan chetda qolmagan holda korxonamizda ham shu tayanch punktlarini ishlab chiqarish, barpo etish ishlari yo'lga qo'yildi.