
Fashizm ustidan qozonligan Buyuk G'alabaning 74 yilligi butun dunyo tinchlikparvar xalqlari tomonidan har yili munosib tarzda nishonlanadi. Mamlakatimizda esa 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, ikkinchi jahon urushi janggohlarida halok bo'lgan qahramon jangchilarni xotirlash marosimlari o'tkazilib, front ortida fidoyilik bilan mehnat qilgan insonlarga hurmat-ehtirom ko'rsatishdek xayrli ishlar amalga oshiriladi. Shulardan mustasno bo'lmagan holda korxonamiz boshlig'i Alisher Xasanbaevich ham, korxonamizning hodimlaridan Avg'on urushi qatnashchilarini «9 may — Xotira va qadrlash kuni» bilan munosib tarzda qimmatbaho sovg'alar bilan tag'dirladi va ezgu niyatlarni bildirdi.